Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkurk maqolada ajrim (nikohdan ajralish) jarayonidan keyin yuzaga keladigan psixologik stress va uning ayollar psixosomatik holatiga ko'rsatadigan ta'siri ilmiy- nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ajrim bu nafaqat ijtimoiy-huquqiy hodisa, balki shaxsning ruhiy dunyosiga chuqur ta'sir etuvchi, kuchli emotsional zo'riqish bilan kechadigan psixologik travma hisoblanadi. Tadqiqot davomida ajrimdan keyingi davrda ayollarda kuzatiladigan stress holatlari, depressiya, tashvish, uyqu buzilishi, somatik shikoyatlar (bosh og'rig'i, yurak-tomir kasalliklari, oshqozon-ichak trakti buzilishlari va boshqalar) o'rganiladi. Maqolada psixosomatik buzilishlarning kelib chiqish mexanizmlari, ularga ta'sir etuvchi omillar (yosh, ijtimoiy-iqtisodiy holat, qo'llab-quvvatlash tizimi, bolalar mavjudligi) yoritiladi. Shuningdek, psixologik yordam va reabilitatsiya usullariga oid tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari ajrimdan aziyat chekkan ayollarga psixologik va tibbiy yordam ko'rsatishda amaliy ahamiyatga ega.
Author: Mehribon Tolibovna Abdullayeva
Institution: Kimyo International University in Tashkent
Subfield: Clinical Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225992908
