Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada pedagogik nutq madaniyati va kommunikativ kompetensiyaning o‘qituvchi mahoratidagi o‘rni nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot maqsadi - o‘qituvchi nutqi, notiqlik san’ati, o‘quvchilar bilan muloqot uslubi va sinfda ijobiy psixologik muhit yaratish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berish hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning nazariy modelini asoslashdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy- tanqidiy yondashuv, umumlashtirish va modellashtirish usullari qo‘llanildi. Nutq madaniyati, pedagogik muloqot va kommunikativ kompetensiya nazariyalari asosida pedagogik nutqning asosiy sifatlari tizimlashtirildi, o‘qituvchi kommunikativ kompetensiyasining besh komponentli tarkibi taklif etildi va muloqot uslublarining sinf psixologik muhitiga ta’siri qiyosiy tahlil qilindi. Natijada “Nutq - Muloqot - Muhit” modeli ishlab chiqildi. O‘qituvchi nutqi faqat axborot uzatish vositasi emas, balki o‘quvchilar motivatsiyasi va sinfdagi psixologik xavfsizlikni belgilovchi omil ekani asoslab berildi.
Author: Marguba In'omovna Haydarova
Institution: Kokand State University
Language: Uzbek
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225994836
