Haydovchilarda Kasbiy Stress, Sog'liq Bilan Bog'liq Muammolar Va Agressiv Xulq-atvorning Psixologik Omillari.
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada haydovchilarning kasbiy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan psixologik zo'riqish, hissiy charchoq va agressiv xulq-atvorning o'zaro bog'liqligi pedagogik-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida stress, vaqt bosimi, uzoq muddatli mehnat faoliyati, yo'l harakati ishtirokchilari bilan yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarning haydovchilarning ruhiy holati va xulq-atvoriga ta'siri yoritiladi. Haydovchilarda agressiv xatti-harakatlarning oldini olish, hissiy barqarorlikni shakllantirish, o'zini o'zi boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ochib beriladi.
Institution: University of Business and Science
Topic: Stress and Burnout Research
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225994976
