Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini vizual modellashtirish vositalari asosida rivojlantirishning psixologik- pedagogik asoslari tahlil qilingan. Mantiqiy fikrlashning tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflash, umumlashtirish, abstraksiyalash, munosabatlarni aniqlash va xulosa chiqarish kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, model va modellashtirish tushunchalarining mazmuni, vizual modellashtirishning o‘quvchilarning bilish faoliyatidagi o‘rni hamda tashqi tayanchlarning ichki aqliy harakatlarga aylanishi bilan bog‘liq nazariy qarashlar tahlil etilgan. Vizual modellashtirishning o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash amallarini shakllantirish, obyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash va asoslangan xulosalar chiqarishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslangan.
Author: Maftuna Karimovna Toshtemirova
Institution: Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225995926
