Iqtidorlilik Va Iqtidorli O‘quvchilar Ta’limini Tashkil Etishning Konseptual Asoslari: Xorijiy Modellar Qiyosiy Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada iqtidorlilik va iqtidorli o‘quvchilar ta’limini tashkil etishning konseptual asoslari xorijiy modellar qiyosiy tahlili asosida yoritilgan. Tadqiqotda Renzullining uch halqali modeli, Gagnening differensiallashtirilgan iqtidor va layoqat modeli, Tomlinsonning differensiallashtirilgan ta’lim konsepsiyasi hamda Sternbergning muvaffaqiyatli aql modeli nazariy-qiyosiy usulda o‘rganilgan. Har bir modelning mohiyati, pedagogik ahamiyati va tanqidiy jihatlari ko‘rib chiqilib, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimi, saralash va baholash amaliyoti hamda madaniy konteksti sharoitida moslashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Institutions: Kokand University, Kokand State University
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7226002218
