Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada oʻsmirlarda affiliatsiya motivini shakllantirishning pedagogik-psixologik determinantlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida oʻsmirlarning affiliatsiya motivatsiyasi, sotsial intellekti va shaxslilik xususiyatlari oʻrtasidagi oʻzaro korrellyatsion bogʻliqliklar oʻrganilgan. Shuningdek, oʻsmirlarda qabul qilinishga intilish va rad etilishdan qoʻrqish motivlarini rivojlantirishga qaratilgan korporativ psixologik trening dasturining samaradorligi eksperimental jihatdan asoslab berilgan.
Author: Maftuna Xakim qizi Saidova
Institutions: Andijan State University, Andijon Davlat Pedagogika instituti
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7226015300
