Til Korpusi Asosidagi Ekolingvistik Tadqiqotlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada til korpusi ekolingvistik tadqiqotning empirik asosi sifatida ko‘rib chiqiladi. Jahon tilshunosligidagi korpusga asoslangan ekologik diskurs tahlili tajribasi hamda o‘zbek tilshunosligida korpus lingvistikasi va ekolingvistika bo‘yicha olib borilgan ishlar sharhlanadi. Empirik qism o‘zbek tilidagi ochiq UzCrawl korpusining 2015–2023-yillarga oid yangiliklar qismi (1 094 506 hujjat, 242,7 mln so‘zshakl) va Leypsig korpuslar to‘plamining o‘zbekcha qismi (1,31 mln so‘zshakl) asosida bajarilgan. Kalit birliklarning normallashtirilgan chastotasi, log-likelihood ko‘rsatkichi, logDice kollokatsion o‘lchovi va konkordans tahlili qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “iqlim o‘zgarishi” birligining chastotasi 2015–2023-yillarda 4,7 baravar oshgan; “tabiatni muhofaza qilish” birikmasi o‘rnini tobora “atrof-muhitni muhofaza qilish” egallagan; tabiat va suv haqidagi matnlarda resurs va boshqaruv freymi ustun; daraxt kesish haqidagi 3 227 ta qo‘llanishning 83,5 foizida harakat bajaruvchisi grammatik jihatdan ifodalanmagan. Xulosada o‘zbek milliy korpusiga ekologik semantik teglar va metama’lumotlar kiritish taklif etiladi.
Source: Arabian journal of science.
Language: English
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226042149
