Xotin-qizlarning Iqtisodiy Imkoniyatlarini Kengaytirish Va Moliyaviy Mustaqilligini Ta’minlash
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va moliyaviy mustaqilligini ta’minlashning nazariy hamda amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik faoliyati va moliyaviy mustaqilligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlari, gender statistikasi ko‘rsatkichlari va xalqaro tashkilotlarning tegishli hisobotlaridan foydalanilgan. Statistik, dinamik va qiyosiy tahlil usullari asosida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi hamda tadbirkorlik imkoniyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. 2018–2025-yillarga oid hududiy ma’lumotlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlar sonining o‘zgarishini aniqlash imkonini bergan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishda barqaror bandlik, munosib mehnat daromadi, moliyaviy savodxonlik, kasbiy ko‘nikmalar va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, moliyaviy mustaqillikni faqat daromadga egalik qilish bilan cheklab bo‘lmasligi, balki mablag‘larni mustaqil boshqarish, jamg‘arma shakllantirish va iqtisodiy qarorlar qabul qilish imkoniyatlari bilan ham bog‘liqligi asoslangan. Maqolada xotinqizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasblarni o‘rgatish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot xulosalari xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va moliyaviy mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Author: Tojialiyeva , Gulchiroy
Language: English
Subfield: Gender Studies
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226044525
