Work

Mahalliy Xomashyo Resurslari Asosida Temir Yo‘l Krestovinalarini Ishlab Chiqarish Texnologiyasini Takomillashtirish

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada temir yo‘l strelkali o‘tkazgichlarining eng muhim va yuqori ekspluatatsion yuklanish ostida ishlaydigan elementlaridan biri bo‘lgan krestovinalarni mahalliy xomashyo resurslaridan foydalangan holda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Temir yo‘l krestovinalarining ishlash sharoitida zarbiy, statik va dinamik yuklanishlarning birgalikda ta’sir qilishi natijasida materialda yuqori kontakt kuchlanishlari, plastik deformatsiya va intensiv yeyilish jarayonlari yuzaga keladi. Shu sababli krestovina materialining mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari bilan bir qatorda uni ishlab chiqarish texnologiyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlarda mahalliy xomashyoning bir nechta turidan quyish jarayonida foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Mahalliy xomashyo komponentlarini texnologik jarayonga kiritish orqali quyma metall sifatini barqarorlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va import xomashyolariga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish imkoniyati aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida temir yo‘l krestovinalarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologik yondashuvi ishlab chiqildi. Texnologik va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining tahlili taklif etilgan texnologiyaning amaliyotda qo‘llash uchun maqbulligini ko‘rsatdi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226046012
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10