Qurilish Materiallari Sanoati Korxonalarida Innovatsion Salohiyatni Boshqarishning Strategik-resurs Mexanizmini Takomillashtirish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarishning strategik-resurs mexanizmini takomillashtirish masalalari chuqur tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi mamlakatda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmining jadal o‘sishi (2024–2025-yillarda 17 foizdan ortiq), eksport salohiyatini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsadi hamda energiya tejamkor va ekologik toza materiallarga o‘tish talablari bilan asoslangan. Maqolada innovatsion salohiyat, strategik boshqaruv va resurs ta’minoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy jihatdan ochib berilgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, korrelyatsion-regressiya tahlili, ekspert baholash va SWOT tahlili usullaridan foydalanilgan. 2020–2025-yillar davomida 28 ta yirik va o‘rta korxonaning innovatsion faolligi, R&D xarajatlari ulushi, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi, inson kapitali ko‘rsatkichlari va strategik rejalashtirish holati o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, strategik-resurs mexanizmini takomillashtirish orqali innovatsion salohiyat indeksini 18–25 foizga, ishlab chiqarish samaradorligini 12–15 foizga, energiya samaradorligini 18 foizga oshirish mumkin. Taklif etilgan integratsiyalashgan model korxonalarning innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari davlat organlari, tarmoq korxonalari rahbarlari, investorlar va ilmiy jamoatchilik uchun amaliy ahamiyatga ega.
Author: Goziyev , Murodjon
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Keywords: building materials industry, innovation potential management, R&D investment, digital technology adoption, human capital, energy efficiency, export potential, strategic planning, resource provisioning, production efficiency, SWOT analysis, expert evaluation, correlation-regression analysis, comparative analysis
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226050356
