“o‘zbek Tilining Izohli Lug‘ati”da Qayd Etilgan Arabcha Ko‘plik Shaklidagi So‘zlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da etimologik izohida arabcha ko‘plik shakli ekani ko‘rsatilgan so‘zlar tahlil qilinadi. Lug‘atning raqamli matnidagi 31 126 ta lug‘at maqolasi ichidan bunday izohga ega 83 ta maqola (82 ta ko‘plik shakli) ajratib olindi. Ular arab tilidagi ko‘plik hosil qilish usuliga ko‘ra tasniflandi: 52 tasi siniq ko‘plik, 29 tasi -ot qo‘shimchali, 1 tasi -in qo‘shimchali ko‘plik shaklidir. Siniq ko‘pliklar orasida fu’ul (12 ta), af’ol (10 ta), fu’alo va fa’oil (9 tadan) qoliplari eng mahsuldor ekani aniqlandi. Lug‘at izohlari asosida bu so‘zlarning o‘zbek tilida ko‘plik ma’nosini yo‘qotib, birlik yoki jamlovchi ma’no kasb etgani, 37 ta maqoladagi misollarda o‘zbekcha -lar qo‘shimchasini olgani ko‘rsatiladi. 32 ta maqolada eskirganlik, kitobiylik yoki qo‘llanish doirasini cheklovchi belgilar mavjud. -ot qo‘shimchali shakllarning bir qismi (tashkilot, tadqiqot, mahsulot, ta’minot) esa zamonaviy ijtimoiy va ilmiy leksikaning faol birliklariga aylangan.
Source: Arabian journal of science.
Author: Asranov Mirzaolim Artikovich
Language: English
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Keywords: Uzbek language, plural nouns, etymology, Arabic nouns
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226057405
