Turizm Infratuzilmasini Rivojlantirishda Davlatxususiy Sheriklik Mexanizmlari: Xalqaro Tajriba Va O‘zbekistonda Qo‘llash Istiqbollari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarining iqtisodiy va tashkiliy ahamiyati yoritilgan. Turizm sohasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi investitsiyalarni jalb etishda davlat va xususiy sektor hamkorligining imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, xalqaro tajribada DXSh asosida transport infratuzilmasi, mehmonxonalar, turistik majmualar, madaniy meros obyektlari va ekologik turizm maskanlarini rivojlantirish amaliyoti o‘rganilgan. Tadqiqot davomida davlat va xususiy sektor o‘rtasida moliyaviy, tashkiliy hamda operatsion risklarni taqsimlash, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash va uzoq muddatli boshqaruv mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslar va turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribani tahlil qilish asosida mamlakatimiz turizm infratuzilmasiga DXSh mexanizmlarini samarali joriy etish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Natijada turizm loyihalarini tanlash, moliyalashtirish, risklarni taqsimlash va boshqarishda iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik mezonlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Maqolada xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat kafolatlari va shaffof tanlov mexanizmlarini takomillashtirish, hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Authors: Teshabayeva , O.N., Abdusattorov , D.
Language: English
Subfield: Strategy and Management
Domain: Social Sciences
Keywords: public-private partnerships, tourism infrastructure development, transport infrastructure, hotels, tourist attractions, cultural heritage sites, ecotourism, capital budgeting, long-term management, tourism financing, international experience transfer, tourism product diversification, tourism revenue diversification
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7226059680
