Work

Boshlang'ich Sinf O'quvchilarining Diqqatini Jamlashda Didaktik O'yinlardan Foydalanishning Samaradorligi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining diqqatini jamlash, uni barqarorlashtirish hamda o'quv faoliyati davomida diqqatning faolligini oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanishning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilgan. Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalarning individual va yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanish jarayonida diqqatning tutgan o'rni hamda ta'lim jarayonida yuzaga keladigan diqqat bilan bog'liq muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, didaktik o'yinlarning o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish, bilish faolligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, xotira, tafakkur va idrok jarayonlarini takomillashtirishdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilgan. Maqolada ta'lim jarayonida didaktik o'yinlarni maqsadli, tizimli va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tashkil etishning samarali usullari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, turli didaktik o'yinlar orqali o'quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undash, o'quv materiallarini ongli va puxta o'zlashtirishga erishish imkoniyatlari asoslab berilgan. Didaktik o'yinlardan samarali foydalanish boshlang'ich ta'lim jarayonining sifatini oshirish, o'quvchilarda ijobiy ta'lim motivatsiyasini shakllantirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishning muhim pedagogik vositasi ekanligi yoritilgan.
Language: English
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7229894559
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10