Emotsional Intellekt Va Intellektual Qobiliyatlar Uyg'unligi: Shaxsiy, Ta'limiy Va Kasbiy Muvaffaqiyat Omillari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada emotsional intellektning nazariy asoslari, uning intellektual koeffitsient (IQ) bilan o'zaro munosabati hamda shaxsiy, ta'limiy va kasbiy muvaffaqiyatga ta'siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy jamiyatda insonning raqobatbardoshligi nafaqat bilim va intellektual salohiyat, balki o'z hissiyotlarini anglash, boshqarish, boshqa insonlarning hissiy holatini tushunish va samarali muloqot o'rnatish qobiliyatlariga ham bog'liqligi asoslangan. Tadqiqotda emotsional intellektning o'zini anglash, o'zini boshqarish, ichki motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko'nikmalar kabi tarkibiy qismlari yoritilgan. Shuningdek, emotsional intellektning ta'lim jarayonida talabalar faolligini oshirish, jamoada hamkorlikni rivojlantirish, nizolarni konstruktiv hal etish va boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta'minlashdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida IQ va EQni o'zaro to'ldiruvchi qobiliyatlar sifatida rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Emotsional intellektni ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida shakllantirish inson kapitalini rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan biri ekanligi asoslangan.
Institution: Tashkent State Agrarian University
Language: Uzbek
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7231816755
