O‘zbekistonda Islomiy Bank Tizimini Joriy Etish Va Rivojlantirish Istiqbollari: Ilmiy-nazariy Va Amaliy Tahlil
Year: 2026
Type: article
Abstract: Tadqiqotda O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishning institutsional shartlari, moliyaviy mahsulotlar iqtisodiy tabiati va ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar qiyosiy-huquqiy hamda miqdoriy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. O‘RQ-1126-sonli Qonun doirasidagi bank litsenziyalari, shariat boshqaruvi, soliq rejimi, investitsiyaviy omonatning huquqiy maqomi baholanadi. Markaziy bankning 2026-yil I choragiga oid ochiq ma’lumotlari asosida islomiy mikromoliya xizmatlari tarkibi va bozor konsentratsiyasi hisoblandi. ICD–LSEGning 2019–2025-yillar qatori asosida global aktivlar o‘sishining log-chiziqli ekonometrik modeli baholanib, qisqa muddatli ssenariy ishlab chiqildi. Natijalar yangi segmentda savdo moliyalashtirishi ustunligi va ta’minotchilar konsentratsiyasi yuqoriligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda alohida hisob yuritish, investitsiyaviy omonatlar xavfini oshkor qilish, shariatga mos likvidlik vositalari va muntazam statistik hisobot tizimiga doir takliflar asoslandi.
Institution: Samarkand Institute of Economics and Service
Language: English
Subfield: Accounting
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7232641744
