Work

O‘tkir Ichak Infeksiyalarining Zamonaviy Klinik-epidemiologik Xususiyatlari Va Qo‘zg‘atuvchilarining Antibiotiklarga Rezistentlik Holatini Baholash

Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Mazkur keng qamrovli ilmiy izlanish o‘tkir ichak infeksiyalari (O‘II) bilan kasallangan bemorlarda kasallikning klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarning an’anaviy antibakterial preparatlarga rezistentligini tahlil qilishga yo‘naltirilgan. O‘II qo‘zg‘atuvchilari orasida antimikrob rezistentlikni aniqlash hozirgi kunda o‘ta muhim tibbiy masala hisoblanadi. Tadqiqot qismida O‘II tashxisi bilan davolangan 85 nafar bemorning kasallik tarixlari, klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda bakteriologik ekma natijalari retrospektiv tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, patogenlarning ichak shilliq qavati epitelial baryeriga destruktiv ta’siri kasallikning og‘ir klinik belgilarida namoyon bo‘ladi. Mikrobiologik tahlillar esa amaliyotda keng qo‘llaniladigan penitsillin va sefalosporin qatorining ayrim avlodlariga nisbatan yuqori chidamlilik (rezistentlik) shakllanganini isbotladi. Ushbu yondashuv patogenlarning hujayra darajasidagi ta’sirini baholash va hududiy bakteriologik fon asosida to‘g‘ri empirik antibakterial terapiya standartlarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233522284
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10