Work

Tijorat Banklarida Xodimlar Bilan Hisob-kitoblarni Tashkil Etish Va Takomillashtirishning Iqtisodiy Mexanizmlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni tashkil etishning iqtisodiy mazmuni, buxgalteriya hisobida aks ettirilish xususiyatlari hamda mazkur jarayonlarni takomillashtirishning iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etiladi. Bank faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish, xodimlar mehnatiga munosib haq to‘lash va mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri tashkil etilishi bankning moliyaviy barqarorligi hamda boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni tashkil etishning amaldagi mexanizmlarini o‘rganish, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat jarayonlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, iqtisodiy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va mantiqiy tahlil usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, xodimlar bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, mehnat haqi hisobining aniqligini oshirish, hisob-kitoblar ustidan ichki nazoratni kuchaytirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklarida xodimlar bilan hisob-kitoblarni samarali tashkil etish, buxgalteriya hisobining ishonchliligini oshirish hamda mehnat haqi bilan bog‘liq moliyaviy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Language: English
Subfield: Accounting
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233524482
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10