Work

O‘smirlarda O‘ziga Ishonchni Rivojlantirishning Tengdoshlar Bosimiga Qarshi Psixologik Barqarorlikni Shakllantirishdagi Roli

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada o‘smirlik davrida tengdoshlar ta’sirining shaxs rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy jihatlari, psixologik bosimning namoyon bo‘lish shakllari hamda uning o‘smirlar ruhiy holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, bullying (tengdoshlar tomonidan muntazam ta’qib qilish, kamsitish va tazyiq o‘tkazish) hodisasi, uning o‘smirlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, o‘zini o‘zi baholashi va ijtimoiy munosabatlariga ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada o‘smirlarda psixologik barqarorlik va psixologik immunitetni shakllantirishda oilaviy muhit, maktab ta’lim-tarbiya jarayoni, atrof-muhit hamda jamiyatning o‘rni yoritiladi. Shu bilan birga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni to‘g‘ri shakllantirish, mustaqil fikrlash, salbiy ta’sirlarga nisbatan ongli munosabat bildirish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi o‘smirlarning tengdoshlar bosimi va bullying holatlariga nisbatan psixologik barqarorligini mustahkamlashda o‘ziga ishonchning ahamiyatini ochib berish hamda bu borada samarali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Language: English
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233526072
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10