Work

Zamonaviy Stomatologiyada Xalqaro Tibbiy Terminologiyaning Shakllanishi Va Rivojlanishi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada zamonaviy stomatologiya sohasida qo‘llaniladigan xalqaro tibbiy terminologiyaning shakllanish tarixi, lingvistik asoslari va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Tibbiy terminlarning yunon va lotin tillari asosida shakllanishi, ularning Yevropa tibbiyot maktabi orqali ommalashuvi hamda zamonaviy stomatologiya fanining taraqqiyoti natijasida yangi terminologik birliklarning paydo bo‘lishi yoritiladi. Stomatologik terminlarning xalqaro ilmiy muloqotdagi ahamiyati, ularni standartlashtirish, bir xil ma’noda qo‘llash va tibbiy ta’lim jarayonida o‘zlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli stomatologiya, implantologiya, ortodontiya, endodontiya, parodontologiya va estetik stomatologiya kabi zamonaviy yo‘nalishlarning rivojlanishi natijasida terminologik tizimning kengayishi tahlil qilinadi.
Language: English
Subfield: Anatomy
Field: Medicine
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233527441
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10