Picture-supported Vocabulary Instruction in German as a Foreign Language: Didactic and Methodological Features at the A2 Proficiency Level
Year: 2026
Type: article
Abstract: Lug‘at boyligini o‘zlashtirish xorijiy tilni o‘rganishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning muhim shartidir. Nemis tilini A2 darajasida o‘rganuvchilardan oila, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport, bo‘sh vaqt va kundalik faoliyat kabi tanish hayotiy vaziyatlarga oid leksik birliklarni tushunish va ulardan foydalanish talab etiladi. Biroq ta’lim jarayonida asosan og‘zaki izohlash va tarjimaga tayanish yangi so‘zlarni o‘zlashtirish hamda xotirada saqlashda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Mazkur maqolada nemis tilini xorijiy til sifatida A2 darajasida o‘qitishda rasmlar yordamida lug‘at boyligini shakllantirishning didaktik va metodik imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi vizual vositalar orqali leksik birliklarni o‘rgatishning nazariy asoslarini aniqlash hamda rasmlarga asoslangan o‘quv faoliyatining tizimli modelini ishlab chiqishdan iborat.
Source: Arabian journal of science.
Language: English
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233535249
