Bog‘dorchilik Va Xizmat Ko‘rsatish Sohalari Integratsiyalashuvida Inson Resurslarining Ahamiyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada bog‘dorchilik va unga yondosh xizmat ko‘rsatish faoliyatlari (saqlash, saralash va qadoqlash, logistika, agroservis, marketing, agroturizm) bir qiymat zanjiriga birlashayotgan sharoitda inson resurslarining o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi integratsiyalashgan zanjirda kadrlarga bo‘lgan talab tuzilmasini aniqlash va kompetensiyalar bo‘yicha uzilishlarni baholashdan iborat. Ishda rasmiy statistika, xalqaro moliya institutlari hisobotlari hamda Qashqadaryo viloyatidagi klaster va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar vakillari orasida o‘tkazilgan ekspert so‘rovi natijalari qiyosiy, tarkibiy va gap-tahlil usullari bilan o‘rganildi. Natijalar eng katta kompetensiya uzilishi xalqaro sifat standartlari, sovutish-saqlash texnologiyalari va eksport marketingi bo‘yicha kuzatilishini ko‘rsatdi, an’anaviy agrotexnologik bilimlarda esa farq nisbatan kichik. Muallif tomonidan inson resurslarini boshqarishning “ta’lim – amaliyot – xizmat” tamoyiliga asoslangan konseptual modeli taklif qilindi. Tadqiqot natijalaridan klasterlar, hududiy bandlik organlari va oliy ta’lim muassasalari kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin.
Source: HSR (London)
Author: Xolliyev Sh.B.
Language: English
Domain: Life Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233645579
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
