Bog‘dorchilik Mahsulotlari Qiymat Zanjirida Agrologistika Va Saqlash Xizmatlarini Integratsiyalash Orqali Yo‘qotishlarni Kamaytirish Yo‘llari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish bilan sovutish, saralash, qadoqlash va tashish xizmatlarini yagona agrologistika tizimiga birlashtirishning iqtisodiy samarasi o‘rganilgan. Tadqiqot maqsadi mamlakatdagi saqlash infratuzilmasi va eksport talabi o‘rtasidagi nomutanosiblikni baholash hamda hosildan keyingi yo‘qotishlarni kamaytirish ssenariylarini ishlab chiqishdan iborat. Rasmiy statistika, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ma’lumotlari asosida dinamik, qiyosiy va ssenariyli tahlil usullari qo‘llandi. Natijalarga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga 2 011 ta sovutish omborining umumiy sig‘imi 1,14 mln tonnani tashkil etib, yillik meva-sabzavot yetishtirishning atigi 4,9 foizini qamraydi, eksport talabiga nisbatan esa qariyb 390 ming tonna taqchillik mavjud. Muallif hisob-kitoblari integratsiyalashgan klaster modelida yo‘qotishlarning oldini olish hajmi bazaviy holatga nisbatan 2,2 barobar ortishini ko‘rsatdi. Klaster qoshidagi agrologistika markazining funksional modeli taklif qilindi. Natijalardan sovutish infratuzilmasiga ajratiladigan imtiyozli mablag‘larni hududlar bo‘yicha ustuvorlashtirishda foydalanish mumkin.
Source: HSR (London)
Author: Xolliyev Sh.B.
Language: English
Subfield: Transportation
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7233677702
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
