Shahar Avtobus Parklarida Qayta Tiklanuvchi Energiya Manbalari (qem) Va Elektrobus Batareyalarini Integratsiyalash Orqali Energiya Mustaqilligini Ta'minlash
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada shahar avtobus parklarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektrobus batareyalarini yagona energetik tizimga integratsiyalash orqali energiya mustaqilligini ta'minlashning ilmiy-texnik va iqtisodiy asoslari yoritilgan. Elektrobuslardan foydalanish jarayonida elektr energiyasiga bo'lgan talabning ortishi, mavjud elektr tarmoqlariga tushadigan yuklamani kamaytirish, quyosh energiyasidan samarali foydalanish va energiya saqlash tizimlarini joriy etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, avtobus parklarida quyosh fotoelektrik panellari, statsionar energiya saqlash qurilmalari, elektrobus akkumulyatorlari va aqlli energiya boshqaruv tizimlarini o'zaro integratsiyalashga asoslangan mualliflik modeli taklif etilgan. Taklif etilayotgan yondashuvning texnik, iqtisodiy va ekologik samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
Author: Qurbanov, Ibrohim
Language: English
Subfield: Automotive Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7234006123
