Boshlang'ich Ta'limda Axborot Texnologiyalari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, ta'lim sifati va o'quvchilarning bilish faolligiga ta'siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli ta'lim resurslari, interaktiv taqdimotlar, elektron darsliklar va ta'limiy dasturlarning dars jarayonidagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, axborot texnologiyalarini yosh xususiyatlariga mos, maqsadli va me'yorida qo'llash, o'qituvchining raqamli kompetentligini rivojlantirish hamda o'quvchilarning axborot bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish masalalari ko'rib chiqiladi. Maqolada raqamli vositalar an'anaviy o'qitish usullarini to'liq almashtirmasligi, balki ularni mazmunan boyitishi lozimligi asoslanadi.
Language: English
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7234463493
