Ichki Ishlar Vazirligi Akademik Litseylarida Huquqshunoslik Fanini O'qitishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ahamiyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida huquqshunoslik fanini o'qitishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni sifatida huquqiy tafakkurni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim omil ekanligi ilmiy asosda bayon etilgan. Shuningdek, huquqiy ta'limda Konstitutsiyaning normativ-huquqiy baza sifatidagi funksiyasi, amaliyot bilan bog'liqligi, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o'rgatilish samaradorligi, hamda Ichki ishlar tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlashdagi o'rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari Konstitutsiyani chuqur o'rgatish huquqiy savodxonlikni oshirishi, yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishi va xizmat faoliyatiga tayyorgarligini kuchaytirishini tasdiqlaydi.
Language: English
Topic: Legal and Policy Issues
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7235029082
