Work

Tijorat Banklarida Kredit Risklarini Boshqarish Orqali Muammoli Kreditlar Hajmini Kamaytirish

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali muammoli kreditlar (NPL) hajmini kamaytirish yo‘nalishlari ilmiy asoslangan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki, Yevropa bank nazorati organi (EBA) ma’lumotlari hamda xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarga tayanadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, tizim bo‘yicha NPL ulushi 2022-yil 1-yanvardagi 5,2 foizdan 2026-yil 1-yanvarda 3,0 foizgacha pasaygan, biroq 2026-yil 1-avgustga kelib 3,71 foizga (23,9 trln so‘m) qayta ko‘tarilgan; muammoli kreditlarning 70,2 foizi davlat ulushli banklar portfeliga to‘g‘ri keladi. 2026-yilning birinchi yarmida NPL hajmi kredit portfeliga nisbatan 4,2 baravar tezroq o‘sgan. XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oxirida rasmiy NPL ko‘rsatkichi 4,2 foiz bo‘lgan holda MHXS 9 bo‘yicha 3-bosqichdagi kreditlar ulushi 7,8 foizni tashkil etgan, ya’ni rasmiy statistika kredit sifati muammolarini to‘liq aks ettirmaydi. Italiya, Ispaniya, Irlandiya va Germaniyaning NPLni hal etish tajribasi asosida kredit riskini boshqarishning to‘rt tarkibiy qismli modeli – erta ogohlantirish, MHXS 9 ga asoslangan tasniflash va zaxiralash, muammoli aktivlarni boshqarish va undirish infratuzilmasi hamda korporativ boshqaruv – taklif etilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, NPL ulushini 3,0 foizgacha tushirish uchun 2026-yil 1-avgust holatidagi portfelda taxminan 4,6 trln so‘m muammoli kreditni kamaytirish talab etiladi.
Language: English
Subfield: Finance
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7235254159
FWCI:
Cites: 13
Cited by:
Related to: 10