Work

Ta'lim Jarayonida Emotsional Intellektni Rivojlantirishning Psixologik Asoslari

Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Annotatsiya. Ushbu maqolada emotsional intellektni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar, xususan, oiladagi psixologik iqlim, oilaviy muhit, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalarning farzandlariga munosabati, xavfsizlik hissi va mas’uliyatning shaxs rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarning emotsional intellektini rivojlantirishning psixologik asoslari, hissiy-emotsional sohaning o‘ziga xos xususiyatlari, hissiyotlarning inson psixikasi va xulq-atvoriga ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot doirasida N. Xoll tomonidan ishlab chiqilgan emotsional intellektni baholash metodikasi yordamida 610 nafar talabaning emotsional intellekti oilaviy tarkib xususiyatlari kesimida o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida emotsional intellektning asosiy tarkibiy mezonlari hamda uni ta’lim jarayonida rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik omillar yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, hissiy aloqa, hissiyotlarni boshqarish, hayotiy tajriba, ta’lim-tarbiya, oilaviy muhit, ijtimoiy muhit, empatiya, o‘z-o‘zini anglash, o‘quv faoliyati.
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7235378099
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10