Work

Raqamli Vositalarga Bog'lanib Qolish Xavfi: Jismoniy Faollikni Ichki Motivatsiyaga O'tkazish Muammosi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalar jismoniy faolligini oshirish jarayonida yuzaga keladigan muhim pedagogik muammo — jismoniy faollikning raqamli vositalar, jumladan, qadam hisoblagichlar, mobil ilovalar, reytinglar, chellenjlar va turli rag‘batlantirish mexanizmlariga bog‘lanib qolishi masalasi yoritilgan. Raqamli vositalarga bog‘lanib qolishning rag‘batga qaramlik, o‘lchovga qaramlik va raqamli charchoq kabi uchta asosiy ko‘rinishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. O‘z-o‘zini belgilash nazariyasi hamda ortiqcha asoslash effekti asosida tashqi rag‘batlarning ichki motivatsiyaga ta’sir mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, jismoniy faollikni tashqi rag‘batdan ichki motivatsiyaga o‘tkazishning to‘rt bosqichli pedagogik modeli ishlab chiqilgan. Pedagogika yo‘nalishi talabalarida olib borilgan tajriba-sinov kuzatuvlari asosida rag‘batlarni bosqichma-bosqich kamaytirish, shaxsiy rivojlanish dinamikasini baholash, ijtimoiy e’tirof va muntazam refleksiyaning ahamiyati asoslangan. Raqamli vositalardan jismoniy faollikning asosiy maqsadi sifatida emas, balki mustaqil va barqaror sog‘lom turmush odatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi vaqtinchalik pedagogik yordam vositasi sifatida foydalanish zarurligi xulosalangan. Kalit so‘zlar: jismoniy faollik, raqamli texnologiyalar, raqamli vositalar, gamifikatsiya, ichki motivatsiya, tashqi rag‘bat, o‘z-o‘zini belgilash nazariyasi, rag‘batga qaramlik, raqamli charchoq, refleksiya, talaba.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7235699287
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10