Work

Hududlarning Investitsion Salohiyati Va Iqtisodiy O‘sishi O‘rtasidagi Bog‘liqlikni Ekonometrik Baholash

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada hududlarning investitsion salohiyati va iqtisodiy o‘sishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik usullar asosida baholanadi. Tadqiqotda hududiy investitsion salohiyatni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bank kreditlari, sanoat va infratuzilma rivojlanishi bilan bog‘liq omillarning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy natijaviy ko‘rsatkichi sifatida hududiy yalpi mahsulot hajmi va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoridan foydalanish nazarda tutiladi. Hududlar kesimidagi statistik ma’lumotlar asosida investitsion faollik va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikning yo‘nalishi, kuchi hamda statistik ahamiyati ekonometrik modellar yordamida aniqlanadi. Shuningdek, investitsiya resurslarining hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi va ularning hududlararo iqtisodiy tafovutlarga ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalari asosida hududlarning investitsion salohiyatidan samarali foydalanish, investitsiya oqimlarini iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan hududlarga yo‘naltirish hamda hududiy iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7235827428
FWCI:
Cites: 3
Cited by:
Related to: 10