Work

Davlat Mansabdor Shaxslarining Immunitetlari Va Xalqaro Jinoyatlar Uchun Javobgarligi: Xalqaro Va Milliy Huquq

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada davlat mansabdor shaxslarining xalqaro jinoyatlar uchun jinoiy javobgarligi hamda ularning shaxsiy va funksional immunitetlari o‘rtasidagi huquqiy kolliziyalar tadqiq etiladi. Tadqiqotda huquqiy tahlil va taqqoslash usullaridan foydalanilgan bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligi xalqaro huquq normalari bilan solishtiriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Jinoyat kodeksida (150-156-moddalar) mansabdor shaxslarning xalqaro jinoyatlar uchun javobgarligi belgilangan bo‘lsa-da, xorijiy amaldorlarning immmunitetini cheklovchi aniq protsessual mexanizmlar mavjud emas. Xalqaro huquqda esa, masalan, Rim statuti (27-modda) va BMT Xalqaro huquq komissiyasi loyihalarida (7-modda) og‘ir xalqaro jinoyatlar uchun funksional immunitet mutlaqo inkor etiladi. O‘zbekiston qonunchiligida xalqaro jinoyatlar sodir etgan xorijiy mansabdor shaxslarga nisbatan universal yurisdiksiyani qo‘llash tartibini aniqlashtirish zarurligi asoslantiriladi.
Language: English
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7235932142
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10