Work

Hamshiralarda Kasbiy Charchoq (burnout) Sindromi: Tarqalganligi, Xavf Omillari Va Profilaktika Yo'llari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada hamshiralarda kasbiy charchoq (burnout) sindromining tarqalganligi, xavf omillari va profilaktika yo'llari bo'yicha 2015–2025-yillarda e'lon qilingan tizimli sharhlar va meta-tahlillar tahlil qilingan. Xalqaro ma'lumotlarga ko'ra, hamshiralarda burnout simptomlarining tarqalganligi 11,2% dan 30% gacha, emotsional holdan toyish 33,5%, depersonalizatsiya 25,0%, kasbiy yutuqlar reduksiyasi esa 33,5% ni tashkil etadi. Eng yuqori xavf reanimatsiya, onkologiya va pediatriya bo'limlari hamshiralarida hamda kasbiy staji kam bo'lgan xodimlarda kuzatiladi. Burnoutning asosiy determinantlari tashkiliy omillar: bir hamshiraga to'g'ri keladigan bemorlar sonining ko'pligi, 12 soatlik smenalar va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning yetishmasligidir. Muntazam skrining, ish yuklamasini me'yorlashtirish, mentorlik va stress-menejment dasturlari hamda burnout profilaktikasini tibbiyot texnikumlarining o'quv dasturiga kiritish taklif etiladi.
Language: English
Field: Medicine
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236195161
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10