Semizlik Va Yurak Ishemik Kasalligi Boʻlgan Bemorlarda Reabilitatsiya Usullari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Dolzarbligi. Yurak ishemik kasalligi (YUIK) jahonda oʻlimning yetakchi sababi boʻlib, 2023 yilda 9,5 mln kishining oʻlimiga olib kelgan [1]. 2022 yilda kattalarning 43% i ortiqcha vaznga, 16% i semizlikka ega boʻlgan [2]. Semizlik dislipidemiya, 2-tip qandli diabet va arterial gipertenziyaning rivojlanishiga bevosita hissa qoʻshadi hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini boshqa omillardan mustaqil ravishda oshiradi [3]. Shu sababli ushbu ikki kasallik birga kechgan bemorlarda kardioreabilitatsiya faqat jismoniy ish qobiliyatini tiklash bilan cheklanib qolmasligi, balki tana vazni, yogʻ toʻqimasining taqsimlanishi va metabolik xavf omillarini ham maqsadli oʻzgartirishga qaratilishi lozim. Ammo standart reabilitatsiya dasturlari asosan normal tana vazniga ega bemorlar uchun ishlab chiqilgan, semiz bemorlarda esa ularning samaradorligi va maqbul tarkibi boʻyicha ma'lumotlar hali toʻliq tizimlashtirilmagan.
Authors: Tilepbayeva, G.O., Tulaganova, D.
Language: English
Subfield: Cardiology and Cardiovascular Medicine
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236370690
