Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Usmon Azim ijodidagi lingvopoetik xususiyatlar tahlil qilingan. Xususan, shoir she’rlarida takror, metafora, ramz, emotsional-ekspressiv birliklar, fonetik ohangdorlik hamda sintaktik qurilmalarning badiiy vazifasi yoritilgan. Tahlil jarayonida “Yoz. Tungi dovul”, “Sentabr bag‘rida charaqlar dunyo”, “Kunduzlar kechaga aylanib qoldi”, “Ko‘nglim – adosi yo‘q xat” kabi she’rlar asos qilib olingan. Shoir poetik nutqida takrorlar orqali psixologik holat, ichki dramatizm va ruhiy iztirobning kuchaytirilishi ilmiy asosda ochib berilgan.
Institution: Navoi State University
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236427702
