Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida Amir Temur tomonidan tashkil etilgan markazlashgan davlatning tashqi siyosati, diplomatik munosabatlari va xalqaro aloqalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, Amir Temurning Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, xorijiy davlatlar hukmdorlari bilan yozishmalari, elchilarni qabul qilish tartibi hamda xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan siyosati yoritiladi. Shuningdek, Fransiya, Angliya, Kastiliya, Xitoy, Hindiston, Misr va Usmonli davlati bilan munosabatlarning siyosiy va iqtisodiy jihatlari o‘rganiladi. Maqolada ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning Samarqandga tashrifi va uning kundaliklarida aks etgan diplomatik jarayonlarga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqot davomida Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh va boshqa tarixchilar asarlaridan foydalanilib, Amir Temur diplomatiyasining o‘z davri xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni ochib beriladi.
Language: English
Topic: Eurasian Exchange Networks
Subfield: History
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236514601
