Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada koreys tilidagi o‘zlashma so‘zlarning, xususan, zamonaviy davrda tilga kirib kelayotgan o‘zlashtirmalar (tashqi ta’sir va globalizatsiya natijasida shakllanayotgan leksik qatlamlar)ning lingvistik xususiyatlari va ularning ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilish bosqichlari yoritilgan. Tadqiqotda koreys tilining fonetik, morfologik va semantik qonuniyatlariga ko‘ra o‘zlashma so‘zlarning moslashish jarayoni (akkomodatsiya va adaptatsiya) tahlil qilingan. Shuningdek, xito-koreys so‘zlari (xancha) hamda g‘arb tillaridan (asosan ingliz tilidan) kirib kelgan so‘zlarning (konglish) koreys leksikasidagi o‘rni, ularning til taraqqiyotidagi ahamiyati va o‘zbek tilshunosligidagi qiyosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqola tilshunoslar, tarjimonlar, talabalar hamda koreys tilini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Authors: Xolmatova Shahnoza, Yeon Sangheum
Institution: Tashkent State University of Oriental Studies
Language: English
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236521201
