Work

Global Ta‘minot Zanjirlarida Majburiy Mehnat Uchun Korporativ Javobgarlik Modellari Va Ularning O‘zbekiston Eksportchilariga Ta‘siri

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada majburiy mehnatga qarshi kurashda tadbirkorlik subyektlarining mas‘uliyatini tartibga solish bo‘yicha xorijiy davlatlar va Yevropa Ittifoqi tajribasi hamda uning milliy eksport uchun huquqiy oqibatlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqotda integrativ adabiyotlar tahlili, qiyosiy-huquqiy va formal-yuridik usullar hamda paxta sektori bo‘yicha XMT monitoringi ma‘lumotlariga asoslangan aniq holatni o‘rganish usuli qo‘llanildi. Tartibga solishning uchta modeli, ya‘ni shaffoflik, majburiy tegishli tekshiruv va bozorga kirishni cheklash modellari ajratildi va ularning eksportchi korxonalarga ta‘sir kanallari aniqlandi. “Omnibus I” paketi Direktiva qamrovini toraytirgan bo‘lsa-da, uning talablari shartnomaviy kafolatlar orqali yetkazib beruvchilarga uzatilishi belgilandi. 2024/3015-son Reglament mahsulot va tarmoq darajasida ta‘sir ko‘rsatgani sababli eng jiddiy xavf tug‘dirishi asoslandi. Milliy qonunchilikda korxonalarning tegishli tekshiruv majburiyati, jabrlanuvchilarga kompensatsiya va mehnat inspeksiyasi vakolatlari bilan bog‘liq bo‘shliqlar aniqlandi. Tegishli tekshiruvni uch bosqichda joriy etish, paxta-to‘qimachilik sektorida kuzatuvchanlik reyestrini yaratish va Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlik uchun milliy muvofiqlashtiruvchi organni belgilash taklif etildi. Natijalardan qonun ijodkorligida, XMT nazorat organlariga hisobotlar tayyorlashda hamda korxonalarning ichki muvofiqlik tizimlarini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236533570
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10