Work

Turizm Xizmatlari Sohasida Aholi Bandligini Ta’minlashning Interaktiv Mexanizmlarini Takomillashtirish

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O‘zbekiston turizm xizmatlari sohasida aholi bandligini oshirish va uning barqarorligini ta’minlashda interaktiv hamda raqamli mexanizmlardan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi raqamli mehnat platformalari, elektron bandlik xizmatlari, onlayn bronlash tizimlari, virtual gidlar va sun’iy intellekt vositalarining bandlikka ta’sir kanallarini aniqlash hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tizimli tahlil, statistik taqqoslash, dinamik qatorlar va institutsional yondashuvdan foydalanildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, turizm tarmoqlarida yuridik shaxslardagi band xodimlar soni 2019-yildagi 231,4 ming nafardan 2024-yilda 249,8 ming nafarga yetgan. 2020-yildagi pasayishdan so‘ng tiklanish kuzatilib, 2024-yilda ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 15,8 foizga oshgan. Natijalar interaktiv mexanizmlar ishchi kuchi talab va taklifini moslashtirish, mahalliy xizmatlarni bozorga olib chiqish va malaka nomuvofiqligini kamaytirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Buning uchun raqamli ko‘nikmalar, munosib mehnat sharoitlari va mavsumiy bandlikni yumshatish choralari bilan kompleks yondashuv zarur.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236552034
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10