Raqamli Transformatsiyalar Davrida Xorijiy Til Ta'limida Sun'iy Intellekt Texnologiyalaridan Foydalanish: Imkoniyatlar, Muammolar Va Yechimlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida xorijiy tillarni o'qitishda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari, imkoniyatlari hamda dolzarb muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, sun'iy intellekt asosidagi platforma va xizmatlarning ta'lim sifati, individual yondashuv, interaktivlik hamda til ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, jumladan, akademik halollik, ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida xorijiy til ta'limida sun'iy intellekt texnologiyalaridan oqilona foydalanish bo'yicha tavsiyalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali yechimlari ishlab chiqiladi.
Language: English
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236570688
