Work

Axborot Va Media Savodxonlikni Şakllantiriş

Year: 2026
Type: article
Study design: Systematic Review
Abstract: Axborot asri va raqamli transformatsiya davrida axborot va media savodxonlik (AMS) şaxsiy rivojlaniş, ijtimoiy barqarorlik va demokratik jarayonlar uçun fundamental ahamiyat kasb etmoqda. Global axborot oqimlarining jadal kengayişi va dezinformatsiyaning tarqalişi jamiyatda işonçsizlikni keltirib çiqarib, milliy xavfsizlikka tahdid solişi mumkin. UNESCO hisobotiga köra, dunyo aholisining 85% internetdagi yolğon axborotdan xavotirda bölsa-da, atigi 40% raqamli savodxonlikka ega. Uşbu tadqiqotning maqsadi axborot va media savodxonlikni şakllantiriş böyiça mavjud ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qiliş, mavzuga doir ilmiy hissalarni har tomonlama va xolisona sintez qilişdan iborat. Tadqiqotda Google Scholar, Scopus, Web of Science kabi xalqaro va ZiyoNET kabi milliy ilmiy ma'lumotlar bazalari tizimli körib çiqildi hamda 2020-2024 yillar oraliğida çop etilgan ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va monografiyalar tahlil qilindi. Tahlil AMSning nazariy asoslari, jumladan, tanqidiy tahlil, manba işonçliligini baholaş va yolğon xabarlarni aniqlaş kabi qobiliyatlar majmuini öz içiga olgan keng qamrovli tuşunça ekanligini körsatdi. Özbekistonda 2023-yilda hukumat tomonidan mediasavodxonlik moduli tasdiqlanganligi va Sirdaryo viloyatida amaliy treninglar ötkazilganligi kabi muhim amaliy işlar amalga oşirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot AMSning nazariy asoslari va Özbekistondagi amaliyotlarini yoritib, jamiyatda tanqidiy fikrlaş va raqamli mas'uliyatni şakllantirişdagi ahamiyatini ta'kidlaydi.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236574400
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10