Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur tezisda bilish jarayonlarining asosi bo‘lgan sezgi va inson faoliyatining o‘zaro dialektik bog‘liqligi, harakat hamda sensor aks ettirishning psixologik mexanizmlari, shuningdek shaxs kamolotidagi amaliy-pedagogik ahamiyati ilmiy va amaliy jihatdan keng yoritilgan. Tadqiqot jarayonida sezgi va faoliyatning o‘zaro aloqadorligini to‘g‘ri rejalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish insonlarning bilish jarayonlarini (idrok, xotira, tafakkur), sensor-amaliy ko‘nikmalarini va emotsional barqarorligini oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada umumiy psixologiya tamoyillari asosida faoliyatni tashkil etishning samaradorligi hamda shaxsni har tomonlama barkamol etib shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan.
Institution: Chirchik State Pedagogical University
Language: English
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7236625228
