Work

"tarixi Bada'ul Islom" Asarida Arabiston Yarim Orolining Geografik Tavsifi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada "Tarixi Bada'ul Islom" asarida Arabiston yarim oroli va arab xalqlarining kelib chiqishi bilan bog'liq ma'lumotlar tahlil qilinadi. Asarda Arabiston yarim orolining geografik o'rni, tabiiy chegaralari, hududiy bo'linishi, iqlimiy xususiyatlari, Makka va Ka'baning diniy-ma'naviy mavqei hamda arab xalqlarining kelib chiqishi haqida bayon qilingan qarashlar o'rganiladi. Xususan, arablarning Arab-i baida, Arab-i ariba va Arab-i musta'riba kabi uch guruhga bo'linishi, qadimgi arab qabilalari, Qahtoniylar va Ismoil alayhissalom avlodlari bilan bog'liq genealogik qarashlar yoritiladi. Shuningdek, "arab" va "ajam" atamalarining mazmuni hamda arab tilining tarixiy-madaniy taraqqiyotdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Maqolada asardagi tarixiy-geografik ma'lumotlar an'anaviy musulmon tarixshunosligi nuqtayi nazaridan baholanib, ayrim qarashlarning zamonaviy geografiya, tarix va tilshunoslikdagi talqinlardan farqli jihatlariga ham e'tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida "Tarixi Bada'ul Islom" asari Arabiston yarim orolining tarixiy-geografik qiyofasi, arab xalqlarining shakllanishi va Islom tarixining dastlabki bosqichlarini o'rganishda muhim manbalardan biri sifatida namoyon bo'lishi ko'rsatiladi.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236687836
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10