Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada kripto-aktivlar va kriptovalyutalarni huquqiy tartibga solishning nazariy asoslari, Yevropa Ittifoqi, AQSh va xalqaro tashkilotlar tajribasi hamda O‘zbekiston Respublikasida shakllangan huquqiy mexanizmlar qiyosiy tahlil qilinadi. Litsenziyalash, stablecoin’lar, virtual aktivlar xizmatlarini ko‘rsatuvchilar, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va soliq shaffofligi masalalari yoritiladi. Tahlil natijasida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy prognoz, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Author: Munisa Bahrom qizi Bahodirova
Institution: Tashkent State University of Law
Language: English
Subfield: Law
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7236691405
