Uch Shoxli Nervning Neyroanatomik Xususiyatlari Va Yuz Og'rig'i Sindromlarining Klinik Ahamiyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada uch shoxli nervning (nervus trigeminus) neyroanatomik tuzilishi, uning asosiy shoxlari, sezgi yadrolari va markaziy o‘tkazuvchi yo‘llarining funksional xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, trigeminal nevralgiya, og‘riqli trigeminal neyropatiya, postgerpetik nevralgiya va posttravmatik trigeminal neyropatiya kabi yuz og‘rig‘i sindromlarining patofiziologik mexanizmlari hamda klinik belgilari tahlil qilingan. Maqola narrativ adabiyotlar sharhi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda trigeminal nerv anatomiyasi va yuz og‘rig‘i sindromlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, differensial tashxisning ahamiyati hamda zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari muhokama qilingan. Trigeminal nervning anatomik va funksional xususiyatlarini chuqur bilish yuz og‘rig‘i sindromlarini erta aniqlash, ularni o‘zaro farqlash va individual davolash strategiyasini tanlashda muhim klinik ahamiyatga ega.
Author: Anora Rustam qizi Saitqulova
Institution: Jizzakh State Pedagogical University
Language: English
Subfield: Clinical Neurology
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7236754845
