"tarixi Bada'ul Islom" Asarida Abu Tolib Va Xadichai Kubro (r.a.)ning Vafotlari - Payg'ambarimiz (s.a.v.) Hayotidagi Og'ir Sinovlar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada "Tarixi Bada'ul Islom" asarida bayon etilgan Abu Tolib va Xadichai Kubro roziyallohu anhoning vafotlari hamda ushbu voqealarning Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotidagi tarixiy va ma'naviy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Abu Tolibning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilish yo'lidagi xizmatlari, Xadichai Kubro roziyallohu anhoning Islom dinining ilk davrlaridagi fidoyiliklari, ma'naviy va moddiy ko'maklari haqida ma'lumot beriladi. Mazkur ikki insonning vafoti natijasida yuzaga kelgan og'ir vaziyat, uning "Omul huzn", ya'ni "G'am yili" deb nomlanishi va ushbu tarixiy hodisaning Islom dini rivojiga ta'siri tahlil qilinadi. Maqolada mazkur voqealardan kelib chiqadigan sabr-toqat, sadoqat, fidoyilik va matonat kabi muhim axloqiy fazilatlar ham ochib beriladi.
Author: Raxmanov, Umidjon Shokirjonovich
Language: English
Subfield: Religious studies
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236761633
