Rahbarning Xodimlarni Tinglash Mahorati, O'z Qo'l Ostida Ishlovchi Xodimlariga Nutqiy Psixologik Ta'sir Ko'rsatishi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada mavzu yuzasidan asosiy ilmiy-amaliy tahlillar yoritilib, faol tinglash mahoratining ahamiyati, ishonch va ochiqlik, rahbar xodim munosabatlari, empatiya, xodimda o'z fikrini erkin bildirish hamda rahbarga nisbatan ishonch hissi ortishi mezonlari batafsil tahlil qilingan. Samarali tinglash jamoadagi yashirin noroziliklar, tushunmovchiliklar va ish jarayonidagi to'siqlarni o'z vaqtida payqash hamda bartaraf etish imkonini beradi. Xodimlarning taklif va mulohazalarini inobatga olish rahbarga yanada asosli va to'g'ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Maqolada nutqiy-psixologik ta'sir ko'rsatish mexanizmlari, motivatsiya va ilhomlantirish mezonlari ham batafsil tahlil qilingan. Rahbarning ishonchli, aniq va qo'llab-quvvatlovchi nutqi xodimlarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirishi va ularni umumiy maqsad sari safarbar qilishi mezonlari ochiqlangan.
Author: Aripova, A.X.
Language: English
Subfield: Strategy and Management
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236768761
