Mashinali O'qitish Algoritmlari Yordamida Kompyuter Tarmoqlaridagi Anomal Trafikni Aniqlash Va Kiberhujumlarni Tasniflash
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarida yuzaga keladigan anomal trafikni aniqlash va kiberhujumlarni tasniflashda mashinali o'qitish algoritmlaridan foydalanishning nazariy hamda metodologik asoslari tadqiq etiladi. Tarmoq xavfsizligiga tahdid soluvchi DDoS, Brute Force, Port Scanning va Botnet hujumlarining trafik xususiyatlariga ta'siri tahlil qilinadi. Random Forest, Decision Tree va XGBoost algoritmlarining ishlash tamoyillari, afzalliklari va cheklovlari o'rganiladi. Shennon entropiyasi asosida tarmoq trafigidagi noaniqlikni baholash va statistik belgilarni mashinali o'qitish modellariga integratsiyalash metodologiyasi taklif etiladi. Tadqiqot uchun CIC-IDS2017 ma'lumotlar to'plamidan foydalanish, ma'lumotlarni dastlabki qayta ishlash, modellarni o'qitish va samaradorlik ko'rsatkichlari asosida baholash tartibi ishlab chiqiladi. Maqolada eksperimental natijalar o'rniga adabiyotlar tahlili, matematik asoslash va taklif etilgan metodologiya keltiriladi.
Language: English
Subfield: Computer Networks and Communications
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236840718
