Zamonaviy Davlatlararo Tizimda Nodavlat Notijorat Tashkilotlarining Huquqiy Maqomi, Institutsional Roli Va Xalqaro-huquqiy Ahamiyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy xalqaro munosabatlar va davlatlararo tizimda nodavlat notijorat tashkilotlarining (NNT) tutgan o’rni, ularning huquqiy maqomi hamda xalqaro huquq subyektivligi masalalari klassik va zamonaviy doktrinal yondashuvlar asosida chuqur tahlil qilinadi. Maqolada NNTlarning xalqaro shartnomalar yaratish (norma ijodkorligi), inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro gumanitar yordam ko’rsatish va global ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi institutsional mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek,BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC), Yevropa Kengashi va AQSh huquqiy tizimidagi ilg’or xalqaro tajriba hamda “Amicus curiae” instituti qiyosiy-huquqiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqot yakunida NNTlar va suveren davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning huquqiy balansini ta’minlash bo’yicha ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.
Author: Charos Erkinboyeva
Institution: Tashkent State University of Law
Language: English
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7236849252
