Work

O‘zbekistonda Islom Moliyasini Joriy Etilishida Xorijiy Tajribani Qo‘llash Imkoniyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O‘zbekistonda 2026-yilda qabul qilingan islomiy bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunni amalda joriy etish jarayonida Malayziya va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tajribasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Uch mamlakatning shariat boshqaruvi (Shariah governance) modellari qiyosiy-huquqiy metod asosida o‘rganilib, xalqaro standartlarning huquqiy maqomi, shariat kengashlarining vakolatlari, institutlar ichidagi shariat nazorati va qonunchilikni tizimlashtirish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida ikkala xorijiy modelning markaziy elementi shariat masalalarida yagona markazlashgan organ va uning qarorlarining aniq yuridik kuchi ekanligi aniqlandi. O‘zbekiston uchun Islom moliya kengashi qarorlarining huquqiy maqomini belgilash, ichki shariat nazorati bo‘yicha alohida standart qabul qilish, xalqaro standartlarning milliy huquqdagi o‘rnini aniqlashtirish hamda sud amaliyotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Language: English
Subfield: Accounting
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236874086
FWCI:
Cites: 1
Cited by:
Related to: 10