Transchegaraviy Suv Resurslari: Davlatlarning Xalqaro-huquqiy Majburiyatlari Va Markaziy Osiyoda Hamkorlik Istiqbollari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish jarayonida davlatlar zimmasiga yuklatiladigan xalqaro-huquqiy majburiyatlar hamda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Xususan, xalqaro suv huquqida shakllangan suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish, boshqa davlatlarga sezilarli zarar yetkazmaslik hamda o‘zaro hamkorlik qilish prinsiplari huquqiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot doirasida 1992-yilgi va 1997-yilgi xalqaro konvensiyalar qoidalari, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida suv munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar hamda O‘zbekiston Respublikasining suv qonunchiligi qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, mintaqada suv resurslarini boshqarish jarayonida davlatlar manfaatlarini muvofiqlashtirish, axborot almashish va ehtimoliy nizolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot yakunida transchegaraviy suv hamkorligining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
Author: Sodiqova Nigina Bunyod qizi
Language: English
Subfield: Sociology and Political Science
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236887465
