Sun’iy intellekt (AI) va mualliflik huquqi - Neyrotarmoqlar yaratgan kontent kimga tegishli?
Year: 2026
Type: article
Abstract: 2022-yilda AQShning Kolorado shtatidagi yarmarkada tasviriy san’at tanlovida “Théâtre D’opéra Spatial” nomli rasm birinchi o‘rinni oldi. Keyin ma’lum bo‘ldi: muallif, Jason Allen, rasmni Midjourney neyrotarmog‘i yordamida, yuzlab so‘rov yozib yaratgan. San’at olamida shov-shuv ko‘tarildi. Lekin yuristlarni boshqa savol qiziqtirdi: bu rasmga kim egalik qiladi? Allenmi, dasturni yaratgan kompaniyami, bironta ham odam qo‘l tegizmagan neyrotarmoqmi, yoki hech kimmi? Bu savol bugun tobora tez-tez eshitilmoqda. Jurnalist neyrotarmoq yordamida matn yozadi, dizayner logotip chizdiradi, musiqachi bir necha daqiqada qo‘shiq yaratadi. Natijada mualliflik huquqi, ya’ni inson ijodiga asoslangan tizim yangi sinovga duch kelmoqda.
Source: HSR (London)
Author: Azimova Sevara Azizxon qizi
Language: English
Subfield: Artificial Intelligence
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7236893515
